uz
qayta qo'ng'iroqqa buyurtma bering

“Nazar Business and Technology” kompaniyasi rahbariyati Samarqandda yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha konferensiyasining 14-yig‘ilishida ishtirok etdi. Ushbu anjuman bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo’lib – yovvoyi hayvonlarning migratsiya turlarini saqlash masalasini hal qilish uchun 130 mamlakatdan 2000 dan ortiq ishtirokchilarni jamladi.
Ushbu tadbir birinchi marta Markaziy Osiyo hududida bo’lib o’tdi. Samarqand konferensiya davomida yuqori darajadagi rahbarlar, jumladan BMT Bosh kotibining o’rinbosari, BMTning atrof-muhit dasturi (UNEP) ijrochi direktori Inger Andersen, xalqaro tabiatni muhofaza qilish Ittifoqi (IUCN) ijrochi direktori Gretel Agilar, atrof-muhit dasturining Butunjahon tabiatni muhofaza qilish monitoringi markazi rahbari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, davlat organlari, diplomatlar, olimlar va ekspertlar guruhidan tashkil topgan turli xil mehmonlarni qabul qildi.
Konferensiya kun tartibiga koʻplab masalalar kiritilgan, jumladan:
– brakonerlikka qarshi kurashish chora-tadbirlari;
– ma’lumotlar almashinuvi va mamlakatlar va tashkilotlar o’rtasida ekologik aloqalarni rivojlantirish;
– 2024-2032 yillarga mo’ljallangan ko’chib yuruvchi yovvoyi hayvonlar turlarni saqlashning strategik rejasini tasdiqlash;
– Konventsiya Ilovalariga o’zgartirishlar kiritish va yangi o’zgartirishlarni qabul qilish.
Konferensiya yuqori darajada bo’lib o’tdi va kelajak rejalar belgilab olindi.

zf_krest_img

    Shaklni to'ldiring va siz bilan bog'lanasiz


    Roʻyxatdan tanlang

    Iqlimning o'zgarishi
    Atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi
    IT Texnologiyalar
    Ta'lim
    IIjtimoiy rivojlanish, ko'chirish va gender masalalari
    Suv va qishloq xo'jaligini boshqarish