
NBT Group Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi vakillari va barcha manfaatdor tomonlar bilan birgalikda O‘zbekistonda “AGRI-PV” birinchi pilot innovatsion tizimini joriy etish loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazdi.
Ushbu tizim qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va quyosh energiyasidan foydalanishni o‘zida mujassam etgan noyob yechimdir. Loyiha Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti uchun 1 gektar maydonda amalga oshirilmoqda.
Jamoatchilik eshituvlari davomida loyiha ushbu eshituvning barcha ishtirokchilari tomonidan ijobiy baholandi va qo‘llab-quvvatlandi. Shuningdek, ishtirokchilarga tizim, loyihaning potensial ekologik va ijtimoiy afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi. Iqlim o‘zgarishi sharoitida yerdan barqaror foydalanish, suv resurslaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.