uz
qayta qo'ng'iroqqa buyurtma bering

2019-yildan boshlab O‘zbekistonda Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) tomonidan moliyalashtirilayotgan “TA-9877 UZB: Ipoteka bozorini rivojlantirish dasturi” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi — mamlakatda barqaror, arzon va ekologik jihatdan mas’ul ipoteka kreditlash tizimini yaratishdir. Dastur doirasida normativ-huquqiy bazani modernizatsiya qilish, moliyaviy institutlar salohiyatini oshirish hamda O‘zbekiston Ipotekani Qayta Moliyalashtirish Kompaniyasi (O‘ZIQMK) va tijorat banklari faoliyatiga xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.
2025-yil 29-iyul kuni Toshkentda NBT kompaniyalar guruhi ekspertlari tomonidan O‘ZIQMK xodimlari va mamlakatning 12 ta tijorat banklari, jumladan: “Asakabank” ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Hamkorbank” ATB, “SQB”ATB, “Agrobank” ATB, “BRB” ATB, “Turonbank” ATB, “Xalq banki”ATB, “OFB” XATB, “InFinbank” ATB, “Trastbank” XAB va “O‘zmilliybank” AJ vakillari uchun o‘quv treningi o‘tkazildi.
Trening mavzusi — barqaror ipoteka kreditlashning zamonaviy talablari va OTBning himoya choralariga mos keluvchi Tabiiy muhit va ijtimoiy boshqaruv tizimini (TMIBT/SPSU) joriy etishdir.
Trening davomida quyidagi mavzular taqdim etildi:
• Ekologik va ijtimoiy xatarlarni aniqlash va kamaytirish;
• Barqarorlikni hisobga olgan holda loyihalarni baholash uchun amaliy vositalar;
• TMIBTni bank kreditlash jarayonlariga integratsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar.
Bunday treninglar o‘tkazilishi nafaqat moliyaviy, balki ekologik va ijtimoiy oqibatlarni ham hisobga oluvchi ipoteka bozorini shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib, mamlakatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.
zf_krest_img

    Shaklni to'ldiring va siz bilan bog'lanasiz


    Roʻyxatdan tanlang

    Iqlimning o'zgarishi
    Atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi
    IT Texnologiyalar
    Ta'lim
    IIjtimoiy rivojlanish, ko'chirish va gender masalalari
    Suv va qishloq xo'jaligini boshqarish