NBT Group mutaxassislari “Integral” kompaniyasiga tashrif buyurishdi. Bu tashkilot MDH mamlakatlarida atrof-muhitni modellashtirish uchun dasturiy ta’minotni yetkazib berish bo’yicha yetakchilardan biri hisoblanadi.
Ushbu tashrif nafaqat NBT guruhi ekspertlari salohiyatini oshirish, balki butun O‘zbekiston Respublikasi uchun muhim qadamdir, chunki kelgusidagi rejalarga ko’ra “Ekolog+” dasturiy ta’minotidan foydalanish bo‘yicha Toshkent shahrida o‘quv kurslarini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi.
Sizni bu borada yangiliklardan xabardor qilib turamiz va yaqin vaqt ichida bo’lib o’tadigan o’quv kurslari haqida qisqacha ma’lumot berib o’tamiz.
Agar siz xoziroq ro’yxatdan o’tishni istasangiz, bd@nbt.uz elektron manziliga “Ekolog+” o’quv kurslari belgisi bilan xabar qoldiring.