2024-yilni boshlar ekanmiz, 10-yanvar kuni NBT rahbariyati va mutaxassislari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga tashrif buyurganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.
Uchrashuv doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada jadallashtirish maqsadida sotsiologiya, psixologiya, tilshunoslik yoʻnalishlarida ilmiy-amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, NBT kompaniyasi bazasida talabalar amaliyotini oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida esa Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va “Nazar Business and Technology” MChJ kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi.
Ishonamizki, ushbu kelishuv o’zaro hamkorligimizni mustahkamlaydi, shuningdek, xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlash uchun sharoit yaratadi!